#kitob_targʻiboti
#chellenj 

Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Amir Temur tavalludining 690 yilligini munosib nishonlash maqsadida Zarbdor axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan chellenj tashkil etildi. Mazkur tashabbus buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy tarixiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.
Chellenj doirasida ishtirokchilar tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar, iqtiboslar hamda targ‘ibot materiallari taqdim etildi. Shuningdek, mazkur chellenj davomida “Sharqning eng buyuk hukmdori” nomli kitob ham aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilindi. Ushbu tadbir markaz xodimlarining faol ishtiroki va tashabbuskorligi bilan yuqori saviyada o‘tkazildi.