Abonement va xizmat ko‘rsatish
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati faoliyati
Xizmatning asosiy vazifalari:
- Foydalanuvchilar madaniy, bilim olishlariga bo‘lgan ehtiyojini AKM o‘quv zallarida axborot xizmat ko‘rsatish asosida qondiradi, umumta’lim jarayonini tashkil etadi;
- O‘quv zallari va AKM veb-saytida kitob-rasmli ko‘rgazmalar (mavzuli, yangi nashrlar)ini tashkil etish orqali aholining jamiyat madaniy merosi bilan tanishtiradi;
- Foydalanuvchilarga o‘quv zallarida bosma, elektron, audiovizual axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni tashkil qiladi va turli xizmat turlarini uyg‘unlashtirgan holda foydalanuvchilarning talablariga javob beradi;
- Milliy ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi;
- Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etadi, innovasion g‘oyalar va yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtiradi;
- Foydalanuvchilarga yangi kompyuter texnologiyalari, elektron resurslar, elektron axborot tashuvchilar orqali ishlashni ta’minlaydi;
- Elektron resurs fondini tuzadi, elektron kitoblar, ensiklopediyalar va boshqa resurslar bilan boyitib boradi.
Xizmat rahbari

Rahbar
Exsonov Umid Zokirjonovich
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari
Ish telefoni
+998 XX XXX XX XX
Qabul kunlari
Dushanba – Juma