📸✨ “Atlas bilan selfi” fotoaksiyasi ✨📸 Zarbdor tuman Joriy yilning 24-sentyabr kuni Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlikni keng targ‘ib etish va yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Atlas bilan selfi” nomli fotoaksiya tashkil etildi. Mazkur aksiyada 20 nafar ishtirokchilar qatnashdilar va shu aksiya orqali kitobxonlar “Atlas ruhidagi yoshlar” shiori ostida ijodiy selfilar tushib, o‘z suratlari orqali milliyligimizga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ifoda etdilar.