Joriy yilning 17- sentyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxon onalar ishtirokida “Atlasning bugungi tarixi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida 10 nafar kitobxon onalar ishtirok etishdi. Suhbat davomida milliy merosimiz – Xon atlasning qadimiy ildizlari, bugungi hayotimizdagi o‘rni hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi. Onalar o‘z xotira va tajribalari bilan bo‘lishib, atlasning nafosati va milliylik ramzi sifatida tutgan o‘rni haqida so‘zlab berdilar.
Atlasning tarixi va bugungi ahamiyati"