🇺🇿 Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida kitoblar ko‘rgazmasi Joriy yilning 18-noyabr kuni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida sohaga oid kitoblardan iborat tematik ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada davlat ramzlari, mustaqillik tarixi, vatanparvarlik ruhida yaratilgan adabiyotlar hamda yurtimizning siyosiy-huquqiy taraqqiyoti aks etgan nashrlar keng jamoatchilikka taqdim etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda bayrog‘imizga bo‘lgan hurmatni oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishdir. Ko'rgazmadan 20 nafar sohaga oid kitoblar taqdim etildi.
Bayrog'im -g'ururim