#Bibliografik_sharh
Zarbdor Axborot-kutubxona markazida bibliografik sharh oʻtkazildi
Joriy yilning 27-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida kutubxonaga tashrif buyurgan oʻquvchilar uchun bibliografiya boʻlimi tomonidan bibliografik sharh tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga markaz fondida mavjud adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda ulardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, oʻquvchilarga kerakli manbalarni izlab topish, bibliografik koʻrsatkichlardan foydalanish va axborot madaniyatini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur bibliografik sharh oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mustaqil izlanish koʻnikmalarini rivojlantirish hamda axborot-resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirildi.