"Bir daqiqada bir kitob tavsiya qil"
Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida "Bir daqiqada bir kitob tavsiya qil" nomli kitobxonlik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kutubxonamizning doimiy foydalanuvchisi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarbdor tuman bo‘linmasi rahbari Elyor Nazirov ishtirok etib, "Liderlar kitobi" asarini kitobxonlarga tavsiya qildi.
U ushbu kitobda yetakchilik fazilatlari, mas'uliyat, maqsad sari intilish, jamoani boshqarish va shaxsiy rivojlanishga oid muhim fikrlar bayon etilganini ta'kidlab, ayniqsa yoshlarni mazkur asarni mutolaa qilishga chorladi.
Bunday tadbirlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#Bir_daqiqada_bir_kitob_tavsiyasi