Joriy yilning 31-oktabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markaziga 1-sonli Politekhnikum oʻquvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi. Tashrif davomida oʻquvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi va zamonaviy xizmat turlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markaz xodimi Karimova Gulchexra tomonidan siyosiy adabiyotlar boʻlimi tanishtirilib, undagi yangi nashrlar va ularning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Uchrashuv soʻngida oʻquvchilarni kitob oʻqishga, siyosiy madaniyatni oshirishga hamda maʼnaviy dunyoqarashni kengaytirishga undovchi suhbat oʻtkazildi.