#Ekskursiya

Joriy yilning 10-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga nuroniy kitobxonlar ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. Tadbir davomida markaz faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ekskursiya jarayonida markaz xodimlari tomonidan o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulla Qodiriy tavalludi, uning boy ijodiy merosi hamda milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar adibning hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Abdulla Qodiriy asarlari hamda u haqidagi adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 
Mazkur ekskursiya nuroniy kitobxonlarning ma’naviy hordiq chiqarishlari, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlashga xizmat qildi.