#Ekskursiya 

Joriy yilning 28-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga 3-sonli maktab o‘quvchilari tomonidan ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar Axborot-kutubxona markazining faoliyati, mavjud fondi, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari hamda kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ularga kitoblardan foydalanish qoidalari, axborot-resurslardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar bilan ta’minlandilar.