#Ekskursiya 

📚 Ekskursiya – unutilmas uchrashuv 

24-mart kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga “Shodlik” bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ekskursiya bilan tashrif buyurdi.
Kutubxonada bibliografiya b‘limi xodimlari tomonidan bolajonlarga kitoblarning ahamiyati, kutubxona faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bolalar uchun ertaklar o‘qib eshittirildi va qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar o‘zlarining chiroyli raqslari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi 
Bunday uchrashuvlar kichkintoylarda kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.