Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan 2025–2026-yillar 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobotlar belgilangan tartibda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga o‘z vaqtida taqdim etildi.

Jumladan, axborot-kutubxona markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 2025 va 2026-yillar 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar, ko‘rsatkichlar, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish, raqamlashtirish ishlari hamda boshqa yo‘nalishlar kesimida hisobot materiallari tayyorlandi.

Shuningdek, hisobotlarda 2025 va 2026-yillar ko‘rsatkichlari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, o‘sish dinamikasi, mavjud yutuqlar, aniqlangan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yoritildi.