#Ayollarni_e'zozlash_oyligi

#Huquqqa_oid_tadbirlar

Huquqiy bilim–jamiyat tayanchi

Joriy yilning 26-fevral kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida texnikum o‘quvchilari ishtirokida huquqqa oid tadbir o‘tkazildi. Tadbirda yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning huquq va majburiyatlari haqida tushuncha berishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida amaldagi qonunlar, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxona fondidagi huquqqa oid adabiyotlar bilan tanishtirildi. Tadbir o‘quvchilarda huquqiy ong va qonunga hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi.