Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligini taşkil etiş va ötkaziş böyiça taşkiliy guruhning birinçi yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda haftalikning taşkiliy masalalari, dasturi hamda an’anaviy tarzda ötkaziladigan sohaviy tadbirlar muhokama qilindi.
Joriy yilning 16–20-noyabr kunlari bölib ötadigan haftalik ilk bor Buxoro va Toşkent şaharlarida taşkil etilişi rejalaştirilgan. Haftalikning oçiliş marosimi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida ötkaziladi.
Haftalik Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyruği bilan tasdiqlangan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga muvofiq taşkil etiladi.
“INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” haftaligi axborot-kutubxona sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş va sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qiliş uchun muhim maydon bölib xizmat qiladi.
“INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” HAFTALIGIGA TAYYORGARLIK IŞLARI BOŞLANDI