Milliylik — xalqimizning o‘zligi, qadriyatlari va ma’naviy merosini aks ettiruvchi bebaho boylikdir.
Har juma kuni milliy liboslarda yurish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, ajdodlarimizdan qolgan urf-odat va an’analarni asrab-avaylash — yosh avlod qalbida milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
📚 Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi jamoasi ham “Juma — Milliylik kuni” tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, milliy liboslarda kitob mutolaasi va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Milliy libos — millatimiz ko‘rki!
Milliy qadriyat — ma’naviy boyligimiz!
Kitob — milliy tafakkurimizning yorqin ko‘zgusi!
🌿 O‘zligimizni anglaylik, milliy qadriyatlarimizni asraylik!
JUMA — MILLIYLIK KUNI