Juma — milliylik kuni munosabati bilan Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bugungi ish faoliyatlarini milliy liboslarda boshladilar.

Milliy libos — xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari, urf-odatlari va o‘ziga xosligini aks ettiruvchi bebaho merosdir. Uni e’zozlash va targ‘ib etish milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.

Bugungi kunimiz ham milliylik, ko‘tarinki kayfiyat va go‘zal an’analar uyg‘unligida boshlandi. 🌸