📚 Keksalar — e’zozimizda!

Joriy yilning 3-sentabr kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan nuroniy kitobxonlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida nuroniylar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning hayotiy tajribalari, ezgu tilaklari va kitobga bo‘lgan mehrlari haqida fikr almashildi. Tadbirda davriy nashrlar va yangi adabiyotlar ham kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
📖 Kitob — avlodlarni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik.
🌿 Nuroniylarni e’zozlash, ularning boy hayotiy tajribalaridan bahramand bo‘lish — barchamizning ezgu burchimizdir.