#Jadidlar_manaviyat_yolboshchilari
Joriy yilning 22-iyun kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida "Millat uyg‘onishining ma’rifat mash’alalari" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma jadid adabiyotining yorqin namoyandalari va ularning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil qilindi.
Ko‘rgazmadan jadidchilik harakatining yetuk vakillari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy hamda boshqa ma’rifatparvar adiblarning hayoti va ijodiga oid 20 dan ortiq kitob, ilmiy-adabiy manbalar va badiiy asarlar o‘rin oldi.
Ko‘rgazma orqali kitobxonlarga jadidlarning xalq ma’rifati, milliy uyg‘onish, ozod fikr va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.