[30.07.2026 12:19] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 8 photos ]

#Kitob_targʻiboti

Nuroniylar maskanida kitob targʻiboti oʻtkazildi.
Joriy yilning 30-iyul kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazi tomonidan Nuroniylar maskanida joylashgan koʻchma kutubxonada nuroniy kitobxonlar ishtirokida kitob targʻiboti tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida kitobxonlarga badiiy va maʼrifiy adabiyotlar tavsiya etilib, mutolaaning inson maʼnaviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi oʻrni haqida suhbat tashkil etildi. Shuningdek, nuroniy kitobxonlar oʻzlari sevib mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.
📖 Kitob — maʼnaviyat manbai, mutolaa esa komillik sari yetaklovchi yoʻldir.