#Kitobdan
Juda boy odam vafot etib, dafn qilinibti. Farzandlari: "Otamiz birinchi kechada yolg‘iz yotmasin, kim ularning mozorida bir kecha tunasa, merosning yarmini unga beramiz", deyishibti. Bu taklif birgina arqondan bo‘lak hech vaqosi yo‘q hammolga ma'qul tushibti. Qabr yoniga borib, arqonini boshi ustiga qo‘yib yotibti. Bir vaqt so‘roq - savol qilish uchun Munkar va Nakir kelishibti. Ular mayitga qarab: "Bu o‘lgan. Baribir qo‘limizdan qochib qutulolmaydi, keyinroq so‘roq qilsak ham bo‘ladi. Avval tirikni so‘roq qilaylik" deb ertalabgacha hammolni bor - yoq boyligi - arqonidan savolga tutishibti. Tong yorishganda farzandlar qabr oldiga borsalar, hammol qon va terga botib yotganmish. O‘g‘illar: "Endi mana bu mol - davlat seniki" deyishsa, hammol: "Kerak emas! Ertalabgacha bir quloch arqonning hisobini bera olmadim-ku, buncha mol-davlatning hisobini qanday beraman?" - degan ekan.
Xulosa o‘zingizdan.
| Usmon Sungur Eken. "Yo nasib" kitobidan
Kitobdan parcha