#kitoblar_korgazmasi

Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 19-mart sanasida “Tinchlik ” MFY hududida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida keng qamrovli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur ko‘rgazmada Navroʻz bayramining mazmun-mohiyati, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ajdodlar merosiga  oid 50 ga yaqin sara adabiyotlar oʻrin oldi. Ko‘rgazma orqali kitobxonlarga boy maʼnaviy merosimizni targʻib etish, yosh avlodning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsad qilindi.

Navroʻz sayliga tashrif buyurgan mahalla aholisi, hamda yoshlar ko‘rgazmaga faol jalb etilib, ularga kitob mutolaasining ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi,Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.