🇺🇿 Mustaqillik MFYda kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga mehr uyg‘otish maqsadida suhbatlar, savol-javoblar va badiiy chiqishlar tashkil etildi. Mazkur tashabbus orqali kitob o‘qish — ma’naviyat kaliti, ilm va tafakkur manbai ekani yana bir bor yodga olindi. ✨ Tadbir Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan amalga oshirildi.