#Kitobsevar_millat
#Kitobxon_haftaligi
#Davra_suhbati

"Kitobxon ona oila–ma'naviyat asosi"

Joriy yilning 15-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan mahalla faol kitobxon ayollari ishtirokida “Kitobxon ona – oila ma’naviyat asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzand tarbiyasida onaning o‘rni hamda kitobning ma’naviy kamolotdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan kitob o‘qishning foydasi, oilada mutolaa an’analarini yo‘lga qo‘yish hamda yosh avlodni kitobga oshno etish borasida qimmatli mulohazalar bildirildi.
Davra suhbati davomida faol kitobxon ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kitobxonlikni targ‘ib etish bo‘yicha taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.