Har oyning 17-sanasida Respublikamizda “Kitobxon onalar kuni” sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ravot mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ayollar uchun kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ayollar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish, ularni farzand tarbiyasida kitobning o‘rnini anglashga chorlash, hamda oilaviy kitobxonlik an’analarini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Kutubxona xodimlari tomonidan turli mavzulardagi badiiy va ma’rifiy kitoblar namoyish etilib, ularning mazmuni haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. 17-го числа каждого месяца в нашей республике отмечается День матерей, читающих книгу. В честь этого события сотрудники Информационно-библиотечного центра Зарбдорского района организовали акцию по продвижению книг для женщин, проживающих в сходе граждан махалли «Равот». В ходе мероприятия особое внимание было уделено формированию культуры чтения у женщин, пониманию роли книги в воспитании детей и широкой популяризации традиций семейного чтения. Сотрудники библиотеки продемонстрировали художественную и познавательную литературу различной тематики, а также кратко рассказали об их содержании. The 17th of every month is celebrated in our Republic as “Book-reading Mothers’ Day”. On this occasion, the employees of the Zarbdor District Information and Library Center organized a book promotion event for women living in the Ravot Mahalla Citizens’ Assembly. During the event, special attention was paid to forming a reading culture among women, encouraging them to understand the role of books in raising children, and widely promoting the traditions of family reading. The library employees demonstrated fiction and educational books on various topics and provided brief information about their content.
Kitobxon onalar – jamiyat madaniyatining tayanchi