#kitobxon_onalar_kuni
“Kitobxon onalar” – ma’naviyat va mutolaa sari muhim qadam
Har oyning 17-sanasida o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” doirasida 2026-yilning 17 iyun kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi nashr etilgan adabiyotlar taqdimoti o‘tkazilib, kitobxonlikni rivojlantirish, hamda oila muhitida kitob o‘qish an’analarini mustahkamlashga qaratilgan mazmunli suhbatlar tashkil etildi. Shuningdek, onalar o‘rtasida tajriba almashish jarayonlari yo‘lga qo‘yilib, kitobning shaxs tarbiyasi va oilaviy ma’naviyatni yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularni yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda mutolaa orqali oilaviy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdan iboratat.
Kitobxon onalar kuni