"Kitobxon onalar kuni" tadbiri o'tkazildi
Joriy yilning 17-iyul kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmat xodimi Karimova Gulchehra ochib berdi. Tadbir davomida kitob mutolaasining oiladagi o'rni, onalarning farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi. Ishtirokchilar o'zlari sevib mutolaa qilayotgan asarlar, kitobning inson kamolotidagi ahamiyati va oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish borasidagi fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.
Shuningdek, kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar ko'rgazmasi namoyish etilib, kitobxon onalarga mutolaa uchun tavsiya etildi.
"Kitobxon onalar kuni" tadbiri.