Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida nuroniy kitobxonlar o‘rtasida keng qamrovli chellenj tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, undagi inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi muhim normalar hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.