#Kitobsevar_millat
#Kitobxonlik_haftaligi_IV
#Ekskursiya

Ma'naviyat sari ochilgan eshik

Joriy yilning 14-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi tomonidan  ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tadbir kitobxonlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
 Ekskursiyada 15 nafar kitobxon ishtirok etishdi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxona fondi, yangi nashrlar va sevimli asarlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kitobxonlar o‘zlari sevgan asarlar haqida fikr almashib, adabiyotning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida mulohazalar bildirdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirilib, bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.