Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Mahorat darslari davomida xodimlarga markazning veb-saytiga ma'lumotlarni joylashtirish, ularni tahrirlash hamda sayt bilan ishlashning asosiy tartib-qoidalari amaliy tarzda tushuntirildi. Shuningdek, ma'lumotlarni to'g'ri va sifatli joylashtirish, ularni yangilab borish hamda rasmiy axborotlarni e'lon qilish bo'yicha tavsiyalar berildi.