[28.08.2026 8:28] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 5 photos ]

#MAHORAT_DARSI

Joriy yilning 28-avgust kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi “Mahorat darsi” o‘tkazildi.
Mazkur mahorat darsida AKT bo‘limi xodimlari tomonidan markaz xodimlariga veb-saytga kitoblarni joylashtirish, elektron resurslarni tizimga kiritish hamda ulardan samarali foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Mahorat darsi davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda kitoblarni veb-saytga joylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida xodimlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.