O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Zarbdor tumanidagi sport maktabi shug‘ullanuvchilari uchun Sport vazirligi tomonidan zamonaviy sport jihozlari, inventarlari va maxsus sport kiyimlari taqdim etildi.

Ajratilgan sport anjomlari belgilangan tartibda tuman sport maktabiga yetkazilib, shug‘ullanuvchilarga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tashabbus yoshlarni sportga keng jalb etish, ular uchun zamonaviy va munosib sharoitlar yaratish hamda mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan.

Yangi sport jihozlari mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, sportchilarning mahoratini oshirish va yuqori natijalarga erishish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Zero, bugun yoshlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar ertaga xalqaro sport maydonlarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taradigan chempionlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.