Oʻtkir Hoshimov tavalludi munosabati bilan virtual ko‘rgazma tashkil etildi.Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandasi Oʻtkir Hoshimov tavalludi munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi bibliografiya mutaxassisi tomonidan adibning mashhur "Bahor qaytmaydi" asari asosida virtual kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Virtual ko‘rgazma orqali kitobxonlar asarning mazmuni, g‘oyaviy-badiiy ahamiyati hamda yozuvchi ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.