[30.07.2026 11:42] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 9 photos ]

#Payshanba_yoshlar_uchrashuvi

Zarbdor Axborot-kutubxona markazi axboroti

Joriy yilning 30-iyul kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan Payshanba yoshlar uchrashuvi doirasida xodimlar o‘rtasida "Sport – sog‘liq garovi" shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan xodimlar Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi AKT xizmati