Zarbdor tuman markazida bugun haqiqiy bayram shukuhi hukmron. “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bo'lib o'tgan umumxalq bayrami katta xalq sayliga aylandi. Ushbu bayram tadbirida Zarbdor Axborot kutubxona markazi ham faol ishtirok etib, oʻzlarining kitob koʻrgazmasini taqdim ettilar. Bu kun xalqimizning bag‘rikengligi, mehr-muhabbati va o‘zaro hamjihatligining timsoli sifatida nishonlanib, barchaga xursandchilik ulashdi. Ushbu go‘zal ayyom barchamiz uchun tinchlik, farovonlik va qut-baraka olib kelsin! Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!