Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo'lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga bag'ishlangan "Qatag'on qurbonlari" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlar va yoshlar tariximizning ushbu foajiali hamda shonli sahifalarini aks ettiruvchi, jadid ma'rifatparvarlarining hayoti va faoliyatiga oid nodir adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida kitobxonlar o'rtasida ma'rifatparvar ajdodlarimiz qoldirgan boy meros va ularning matonati haqida samimiy suhbat hamda fikr-mulohaza almashinuvi bo'lib o'tdi.
Tarixni bilish va unga hurmat ko'rsatish — har birimizning burchimizdir. Markazimizda tashkil etilgan ushbu ko'rgazma barcha kitobxonlar va targ'ibotchilar uchun ochiq!
📍 Manzil: Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi
Qatag'on qurbonlari