#Siyosiy_ma_rifat_soati

📚 Siyosiy-ma'rifat soati o'tkazildi
Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi siyosiy-ma'rifat soati tashkil etildi.
Unda 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va yoshlar uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda davlat yoshlar siyosatining ustuvor yo'nalishlari haqida atroflicha so'z yuritildi.
Tadbir davomida yoshlarni bilim olishga, kitobxonlikka, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga hamda Vatan ravnaqi yo'lida faol bo'lishga undovchi fikrlar muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring