Bugungi kunda smartfon va ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Biroq virtual olamga haddan tashqari berilish insonning vaqti, diqqati va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini kamaytirishi mumkin. Shu maqsadda tashkil etilgan “Sog‘lom turmush” aksiyasi doirasida yoshlar bir kun davomida smartfonlardan uzoqda bo‘lib, vaqtlarini mazmunli va foydali mashg‘ulotlarga bag‘ishladilar.
Aksiya davomida ishtirokchilar turli badiiy va ilmiy kitoblarni mutolaa qilib, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, sohaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etilib, yoshlar zamonaviy bilimlar, kasbiy rivojlanish va kelajakdagi maqsadlari haqida erkin muloqot qildilar.