#Madaniyat
“Sohibqiron Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan kinofilmlar namoyishi
Joriy yilning 7-aprel kuni “Amir Temur oyligi” munosabati bilan Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kinofilmlar tomosha qilindi.
Mazkur kinonamoyish jarayonida markaz xodimlari buyuk sarkardaning hayoti, davlat boshqaruvidagi donoligi, harbiy yurishlari hamda boy tarixiy merosi haqida hikoya qiluvchi filmlar bilan tanishdilar. Tomosha davomida Sohibqironning jahon tarixidagi o‘rni va uning ibratli faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ushbu kinonamoyish xodimlar orasida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.