Joriy yilning 28-fevral kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan yosh kitobxonlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish, ularni milliy adabiyotimiz namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida yoshlar o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalari — Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning hayoti va ijod yo‘li, ularning adabiy merosi, muzeyda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, shaxsiy buyumlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif yosh kitobxonlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda adabiy merosimizga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu ekskursiyadan katta taassurot va boy bilimlar bilan qaytdilar.