oriy yilning 15-19- iyun kunlari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika metodik kengashining 2026-yil 24-martdagi 3-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Аlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Respublika axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari” o‘quv dasturi asosida sayyor o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kurslari davomida ishtirokchilar zamonaviy kutubxonachilik faoliyati, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Kurs yakunida faol qatnashgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.