Joriy yilning 25-noyabrdan 10-dekabrgacha mamlakatimiz bo‘ylab “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida haftalik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu muhim tashabbus doirasida 26-noyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Gender tenglik — taraqqiyot kafolati” mavzusida ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda 1-sonli Politeхnikumning o‘quvchi qizlari hamda markaz xodimlari faol ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga internet madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, onlayn tahdidlarni tanish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Tadbir 24 nafar ishtirokchilar ishtirokida bo'lib o'tdi.