📚 Joriy yilning 12-sentyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Vaqtni boy berma, yoʻl-yoʻlakay kitob oʻqi” mavzusida kitob targʻiboti oʻtkazildi. Ushbu targʻibot tadbirida kitobxonlarga yoʻl-yoʻlakay ham vaqtni samarali oʻtkazish, mutolaani hayotning bir qismi sifatida qarash targʻib qilindi. Kitob insonning eng yaqin doʻsti ekanligi, u bilim va maʼrifat manbai sifatida har doim yonimizda boʻlishi lozimligi alohida taʼkidlandi. ✨ Tadbir Kitob va Mutolaa haftaligi doirasida oʻtkazilib, yoshlarni muntazam kitob mutolaasiga chorlashga xizmat qiladi
Yoʻl_yoʻlakay_kitob_oʻqiymiz