Joriy yilning 13-avgust kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir "Adolat" klubi a'zolari tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur intellektual bahs davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘z bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar e'tirof etilib, bunday intellektual uchrashuvlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta'kidlandi.