#Kitobsevar_millat
#Kitobxon_haftaligi
"Zakovat” intellektual o‘yini
Joriy yilning 16-yanvar kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir ochiq osmon ostida, go‘zal tabiat qo‘ynida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
O‘yin davomida ishtirokchilar turli qiziqarli savollarga javob berib, o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv do‘stona va qizg‘in ruhda o‘tdi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi va bunday intellektual o‘yinlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.