Joriy yilning 11-oktyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida “Adolat” nomli kitobxonlar klubi a’zolari oʻrtasida zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi. Tadbirda yosh kitobxonlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirish hamda jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan. Mazkur bellashuvda jami 30 nafar oʻquvchi faol ishtirok etdi. Qizgʻin tarzda oʻtgan zakovat oʻyinida: 🥇 “Ligenda” jamoasi — 1-oʻrinni, 🥈 “525” jamoasi — 2-oʻrinni, 🥉 “524” jamoasi — 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolib jamoalar kutubxona ma’muriyati tomonidan esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida kutubxona xodimlari bunday intelektual musobaqalar yoshlarni bilimga kitob oʻqishga va ijodiy fikrlashga undashini taʼkidladilar.