#Kitobsevar_millat
#Kitobxon_haftaligi
#Davra_suhbati 
Zamonaviy kutubxonada kitobning o‘rni

Joriy yilning 16-aprel kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazida “Zamonaviy kutubxonada kitobning o‘rni” mavzusida yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi ahamiyati, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar rivojlanayotgan bir davrda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni mutolaaga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘z fikrlarini erkin bayon etib, sevimli kitoblari haqida ham o‘rtoqlashdilar. Tadbir yakunida yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.