Zarbdor Axborot kutubxona markaziga rasmiy tashrif
Joriy yilning 24-mart kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markaziga Zarbdor tuman Deputatlar kengashi raisi G.Hudoyarova tashrif buyurdi. Tashrif davomida rais yangi barpo etilgan zamonaviy kutubxonaning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Kutubxonada yaratilgan qulayliklar, zamonaviy jihozlar hamda kitobxonlar uchun tashkil etilgan sharoitlar mehmon tomonidan alohida e’tirof etildi. Tashrif jarayonida axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.