Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Joriy yilning 2-mart kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazining "Adolat"kitobxonlar klubi a'zolari tomonidan o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada shoira qalamiga mansub she’riy asarlari keng o‘rin oldi. Kitobxonlar Zulfiya ijodiga xos nafislik, samimiyat va vatanparvarlik ruhini aks ettirgan asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ko'rgazmadan 12 nafar adabiyotlar o'rin olgan. Shuningdek, Zulfiya ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida tumandagi turli tashkilotlarda targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.