#Bibliografik_obzor
Joriy yilning 28-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida 3-maktab o‘quvchilari uchun Bibliografiya bo‘limi tomonidan bibliografik obzor tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida o‘quvchilarga turli mavzulardagi adabiyotlar, yangi nashrlar hamda ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitob tanlash, ulardan samarali foydalanish hamda bibliografik manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi foydali tavsiyalar bilan ta’minlandilar.
Zarbdor Axborot kutubxona markazi AKT boʻlimi xizmati