Joriy yilning 7-sentabr kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi tomonidan 3-sonli maktab oʻquvchilari uchun mazmunli ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilarga axborot-kutubxona markazining bo‘limlari, mavjud adabiyotlar, kitob fondi hamda kutubxonadan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir o‘quvchilarda kutubxonaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.